Qanday ishlaydi
Taklifnoma yaratish uchun dizayner ham, kompyuter ham kerak emas — telefon kifoya.
- 1
Bayram turini va shablonni tanlang
Har bir shablonning bir nechta rang varianti bor. Yoqqanini tanlang — keyin ham almashtirish mumkin.
- 2
Maʼlumotlarni toʻldiring
Ismlar, sana va vaqt, manzil, dastur, kiyinish uslubi, aloqa raqamlari. Har bir oʻzgarish yonidagi telefon oynasida darhol koʻrinadi va avtomatik saqlanadi.
- 3
Havolani oling va sinab koʻring
«Havolani olish» tugmasini bosing — taklifnoma 20 daqiqa bepul ishlaydi. Oʻzingizga va yaqinlaringizga yuborib tekshiring.
- 4
Toʻlang va mehmonlarga yuboring
Karta orqali toʻlab, chekni yuklang. Tasdiqlangach havola bayramdan keyin 30 kungacha ishlaydi. Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali yuboring.
- 5
Javoblarni kuzating
Kim kelishi, necha kishi boʻlishi va tilaklar kabinetda koʻrinadi. Telegram orqali kirgan boʻlsangiz, har bir javob haqida xabar olasiz.